Braziliya prezidenti Mishel Temer poytaxt Braziliada tartibni saqlash ishiga armiya kuchlarini jalb qilish haqidagi muqaddam imzolangan farmonni bekor qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
24-may kuni poytaxt shaharda keng miqyosli tartibsizliklar ro‘y berdi. Uchta federal idora binolari olovdan zarar ko‘rdi. Namoyishchilar Temerning iste’fosini hamda navbatdan tashqari prezident saylovi o‘tkazilishini talab qilmoqda.
Yana bir necha idora talon-toroj qilindi. Hukumat barcha federal idoralar xodimlarini evakuatsiya qildi. Mudofaa vaziri Raul Jungmann prezident armiyani namoyishchilarga qarshi yo‘llashga qaror qilganini bildirganidan so‘ng muxolifatdan saylangan deputatlar bu farmonni Braziliya konstitutsiyasiga zid ekanligini aytib chiqdi. Prezident farmonni shart-sharoit va zarurat bilan tushuntirishga urinib ko‘rdi, ammo u oxir-oqibat bekor qilindi.
Izoh (0)