Yaponiya hukumati mamlakat hududiga Shimoliy Koreya raketalari tushishi ehtimoli munosabati bilan yirik ko‘lamdagi ilk qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotlarini o‘tkazdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Mashg‘ulotlar qurolli kuchlar qo‘mondonligi, tegishli vazirlik va muassasalar ishtirokida bosh vazir qarorgohida bo‘lib o‘tdi.
Ularda bir yoki bir necha ballistik raketa zarbasi ro‘y bergan vaziyatda harakatlarni muvofiqlashtirish mashq qilindi.
Mashg‘ulotlarda AQSh qo‘shinlari vakillari ishtirok etmaganligi bildirilmoqda.
Izoh (0)