IShID terrorchilik guruhi Britaniyaning Manchester shahrida yuz bergan terakt uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga oldi, deb yozadi “TASS”. Terrorchilar ushbu faktni e’tirof etgan video ijtimoiy tarmoqlarga joylandi.
Manchesterdagi portlash amerikalik pop-qo‘shiqchi Ariana Grandening konsertidan so‘ng, 23-mayga o‘tar kechasi yuz berdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Manchester Arena stadionidagi portlashda 22 kishi halok bo‘ldi. Kasalxonalarga 59 nafar jabrlanuvchi yetkazildi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)