Seul sudi Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Pak Kin Xe ishi bo‘yicha birinchi yig‘ilishni boshladi. U dugonasi Soy Sun Sil ishtirokidagi yirik korrupsiyaviy mojaroga aloqadorlikda gumon qilinmoqda, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
Pak Kin Xe sud binosiga kishanlangan holda, jazoni o‘tash muassasasining ikki xodimi hamrohligida kirib keldi.
Birinchi yig‘ilish davomida Janubiy Koreyaning sobiq rahbari o‘ziga nisbatan ilgari surilgan barcha ayblovlarni rad etdi.
Sud muhokamasida poraxo‘rlikda ayblanayotgan Soy Sun Sil va Lotte Group raisi Sin Don Bin ham ishtirok etmoqda.
Izoh (0)