Amerikalik senatorlar Turkiya xavfsizlik xizmatlari ishchilarining Vashingtondagi namoyishlar ishtirokchilari bilan to‘qnashuvi uchun Anqaradan uzr so‘rashni talab qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Biz Vashingtondagi Turkiya elchixonasi tashqarisida yuz bergan zo‘ravonlikni qat’iyan qoralaymiz”, — deyiladi respublikachi senatorlar Marko Rubio, Ted Kruz, Tom Kotton va Mayk Lining qo‘shma bayonotida.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya mansabdor shaxslarining bunday xatti-harakati AQSh Konstitutsiyasida aks etgan Amerika qadriyatlarini oyoq osti qiladi.
Avvalroq Erdo‘g‘onning qo‘riqchilari Vashingtondagi namoyishchilar bilan mushtlashib ketgani xabar berilgan edi.
Izoh (0)