Niderlandiya qiroli Villem-Aleksandr 21 yil davomida KLM aviakompaniyasi fuqarolik reyslarida uchuvchi bo‘lib ishlagan. Yo‘lovchilar bu haqda bilmagan. Bu haqda u Telegraaf gazetasiga bergan intervyusida aytib berdi, deb yozadi “Rtvi.com”.
Villem-Aleksandr oyiga ikki marta ikkinchi uchuvchi bo‘lib ishlagan, shuningdek, Fokker kompaniyasining kichik yo‘lovchi samolyotlarini boshqargan. U 2013-yilda taxtga o‘tirganidan keyin ham uchuvchilik qilishda davom etdi.
Qirolning so‘zlariga ko‘ra, u samolyotda baland ovozli aloqa orqali hech qachon o‘zini yo‘lovchilarga tanishtirmagan, ammo ba’zilar uni ovozidan tanib qolgan. Sayohatchilarning ko‘pchiligi ularning qarshisida qirol turganini fahmlamagan, chunki u doimo KLM furajkasini kiyib yurgan.
Bu yil KLM Fokker samolyotlarini Boeing 737’ga almashtirishga qaror qildi. Uchuvchilik karyerasini to‘xtatmaslik uchun Villem-Aleksandr Boeing 737 kabi katta yo‘lovchi samolyotlarini boshqarishni qaytadan o‘rganmoqchi.
Izoh (0)