Pablo Pikassoning eng mashhur portretlaridan biri — “Havorang libosli o‘tirgan ayol” Nyu-Yorkdagi Christieʼs auksionida 45 million dollarga sotildi. Xaridorning nomi oshkor etilmadi, deya ma’lum qiladi Meduza.
1939-yilda ishlangan kartinada musavvirning ma’shuqasi Dora Maar tasvirlangan. Ularning munosabatlari 9 yil davom etgandi.
2011-yilda mazkur surat 26 million dollarga xarid qilingandi.
Ma’lumot uchun, Pikassoning boshqa bir asari — Jazoir ayollari auksionda sotilish narxi bo‘yicha rekord o‘rnatgan. 2015-yilda uning uchun Christieʼs savdolarida salkam 180 million dollar to‘langan.
Izoh (0)