Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida davom etayotgan “Islom birdamlik o‘yinlari”da O‘zbekiston boks termasining besh a’zosi yarim finalga yo‘llanma oldi. Endilikda ular oltin medal uchun kurashni davom ettiradi.
Yarim final ishtirokchilari
-49 kg: Mironshoh Ibragimov-52 kg: Abror Qodirov-56 kg: Abdulxay Shorahmatov-64 kg: Alyor Noraliyev-69 kg: Bobo-Usmon BaturovMa’lumot uchun, O‘zbekiston boks terma jamoasi Bokuga 9 nafar bokschi bilan jo‘nab ketgandi. Ular orasidan 4 nafar bokschi: Ulug‘bek Do‘stmurodov (-60 kg), Mahmud G‘oipov (-75 kg), Madiyor Saidrahimov (-81 kg) va Sardor Begaliyev (-91 kg) medallar uchun kurashdan chiqib ketgan.
MOQ matbuot xizmatining xabar berishicha, “Islom birdamlik o‘yinlari”ning boks musobaqasida yarim final janglari bugun — 17-may kuni bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)