“Islom birdamlik o‘yinlari”da ishtirok etish uchun jo‘nab ketgan o‘zbekistonlik 9 nafar bokschidan 3 nafari – Abdulhay Shorahmatov (-56 kg), Mironshox Ibragimov (-49 kg) va Bobo Usmon Baturov (-69 kg) yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Bugun, 16-may kuni O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan yana 3 nafar bokschi chorak final doirasida ringga ko‘tariladi. -52 kilogrammgacha bo‘lgan vaznda Abrorjon Qodirov chorak final doirasida ozarbayjonlik Ma’sud Yusufzoga qarshi jang qiladi.
-64 kilogramm vazndagi Aliyor Noraliyev mezbon bokschisi Elvin Isayev bilan kuch sinashadi. -75 kilogramm vazn toifasidagi esa Mahmud G‘oipov qozog‘istonlik Tursinbay Kulahmetga qarshi jang o‘tkazadi.
Shuningdek, -60 kilogramm vazndagi Ulug‘bek Do‘stmurodov yarim final yo‘llanmasi uchun qozog‘istonlik Zaurbek Sultanga qarshi kurash olib boradi. Ushbu jang sanasi keyinroq ma’lum bo‘ladi.
Avvalroq o‘zbekistonlik bokschilar Madiyor Saidrahimov (-81 kg) va Sardor Begaliyev (-91 kg) birinchi jangidayoq mag‘lubiyatga uchragani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)