BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi AQSh Davlat departamentining Suriya qamoqxonalaridan birida krematoriy yaratilgani haqidagi axborotini tasdiqlay olmaydi. Bu haqda Jenevada o‘tgan brifingda idora vakili Ravina Shamsadoniy ma’lum berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
Bir muddat ilgari AQSh davlat kotibining Yaqin Sharq ishlari bo‘yicha yordamchisi Styuart Jons Suriyaning “Saydnaya” qamoqxonasida qiynab o‘ldirilganlarning tanalaridan qutulish uchun krematoriy yaratilgani haqida ma’lumot bergan, ammo ushbu axborotning aniq manbalarini ko‘rsatmagan edi. BMT vakili mazkur xabarga izoh berib o‘tdi.
“Krematoriy haqidagi xabarlarga kelsak, hozircha biz uning mavjudligini tasdiqlay olmaymiz, vaziyat shunaqa”, — ta’kidladi Shamsadoniy xonim.
Izoh (0)