KXDRning navbatdagi raketa sinovi — Pxenyan tomonidan Koreya Respublikasining yangi prezidenti Mun Chje Inga qaratilgan signal. Bunday fikrni AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli bildirdi, deb yozadi “TASS”.
ABC telekompaniyasiga bergan intervyusida KXDRdagi raketa sinovini izohlar ekan, u: “Bu 9-maydagi saylovlardan keyin Janubiy Koreyaga qaratilgan signal edi, deb o‘ylayman”, — dedi. Xeyli, shuningdek, Kim Chen In “paranoyya holatida” ekanligini aytdi.
U AQSh Shimoliy Koreyaning “tanobini tortib qo‘yishda davom etishi”ga va’da berdi. “Biz qo‘llashimiz mumkin bo‘lgan sanksiyalar hali ko‘p… Biz hali qilinmagan ko‘p narsalarni amalga oshirishimiz mumkin”, — dedi Xeyli.
Izoh (0)