AQSh Qurolli kuchlarining Markaziy qo‘mondonligi IShID jangarilari Iroqning shimolidagi harbiy bazaga hujum uyushtirgani haqidagi axborotni tasdiqladi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Qayd etilishicha, harbiy bazada amerikalik harbiy instruktorlar bo‘lgan.
“Biz Kirkuk shahri yaqinidagi bazaga ‘Peshmerga’ (kurd otryadlari) va AQSh boshchiligadigi koalitsiya tomonidan amalga oshmay qolgan hujum uyushtirilganini tasdiqlay olamiz. Ittifoq kuchlaridan hech bir harbiy xizmatchi jarohat olmadi.
Koalitsiya hamon butun e’tiborini mintaqadagi va jahondagi tinchlik va xavfsizlikka katta tahdid solib kelayotgan IShIDni yo‘qotishga qaratmoqda”, — deyiladi Markaziy qo‘mondonlik axborotida.
Avvalroq harbiy bazaga kirishda ikki terrorchi portlovchi moslamalarni ishga tushirgan edi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)