Amerikaning yetakchi ABC, CBS, NBC va CNN telakanallari AQSh prezidenti Donald Trampning mamlakat rahbari lavozimiga o‘tirganligining birinchi 100 kunida erishgan muvaffaqiyatlariga bag‘ishlab ishlangan rolikni namoyish etishdan bosh tortdi. Bu haqda AP agentligiga tayanib, “Kommersant” xabar berdi.
“Yetakchi OAVlar uchun birinchi band (AQSh konstitutsiyasining so‘z erkinligi to‘g‘risidagi bandi), qachonki o‘zlarining siyosiy qarashlariga xizmat qilsagina muhim ekanligi oydek ravshan”, — deya OAVlar qarorini izohladi Oq uy ma’muriyati maslahatchisi, AQSh prezidentining o‘g‘li Erik Trampning rafiqasi Lara Tramp.
Videorolikda CNN, ABC, MSNBC, CBS va NBC telekanallari jurnalistlari “yolg‘on xabarlar” titri ostidagi kadrda paydo bo‘ladi. Reklamani Fox News va Fox Business telekanallari namoyish etdi.
Avvalroq, Donald Tramp The New York Times, NBC, ABC, CBS va CNN telekanallarini Amerika xalqining dushmani deya e’lon qilgan edi. Bundan tashqari, AQSh prezidenti fevral oyida Oq uy jurnalistlari bilan o‘tkaziladigan an’anaviy kechgi ovqatdan bosh tortgandi.
Izoh (0)