Toshkent shahridagi “Yoshlar ijod saroyi”da 2017-yil 3-mayda Navoiy Beauty Cosmetics zavodining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Navoiy erkin iqtisodiy zonasi hududida Janubiy Koreya bilan hamkorlikda tashkil etilgan qo‘shma korxona La Core brendi ostida 200 dan ortiq yuz, tana va soch uchun mo‘ljallangan kosmetika mahsulotlari ishlab chiqaradi.
Janubiy Koreya kosmetika ishlab chiqaruvchilari uyushmasi va CNP Dream kompaniyasi ko‘magida tashkil etilgan zavodda 50 kishi, shu jumladan, koreyalik mutaxassislar ishlaydi. Mahsulotlar koreys texnologiyasi va xomashyosi asosida ishlab chiqariladi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)