O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasining o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga 2017/2018-o‘quv yilidagi qabul to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur qaror bilan:
- 2017/2018-o‘quv yilida yo‘nalishi o‘zgartiriladigan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari ro‘yxati;
- 9-sinf o‘quvchilarini akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga qabulning umumiy parametrlari, hududlar kesimidagi qabul kvotalari tasdiqlandi.
- Kollej bitiruvchilarining oxirgi yillarda ishga joylashish holatini chuqur tahlil etgan holda viloyat, tuman va shaharlar kesimida har bir litsey va kollejga qabul bo‘yicha qabul parametrlarini tasdiqlash;
- 9-sinf o‘quvchilari va ularning ota-onalari orasida kasbga yo‘naltirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilishini ta’minlash;
- Yo‘nalishi o‘zgartirilayotgan kollejlar va kollej filiallarida o‘quv-tarbiyaviy jarayonni sifatli tashkil etish, ularni yuksak malakali kadrlar, zamonaviy jihozlar, o‘quv-uslubiy adabiyot bilan ta’minlash choralarini ko‘rish topshirildi.
Izoh (0)