Xalqaro press-klubning 2-may, seshanba kumi bo‘lib o‘tgan navbatdagi sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, general-mayor Abdusalom Azizov, IIV YHXBB boshlig‘i Xolmatjon Saydaliyev ishtirok etdi. Tadbir davomida jurnalistlar sohaga oid savollar bilan murojaat qildi.
Shunday savollardan biri ichki ishlar idoralari sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarga oid bo‘lib, yangi islohotlarni eski kadrlar bilan amalga oshirib bo‘ladimi, degan mazmunda berildi.
Savolga Ichki ishlar vaziri javob berdi.
Oldimizga nihoyatda katta vazifa qo‘yilgan. Aholi bizdan juda katta o‘zgarishlarni kutyapti. Eski dunyoqarashdagi kadrlar bilan bu o‘zgarishlarni amalga oshirib bo‘lmaydi. Shu nuqtayi nazardan, biz bugungi kunda islohot o‘tkazilayotgan xizmatlar boshqarmalariga yosh, o‘zini ustida ishlaydigan, zamonaviy texnologiyalarni tushunadigan, zamonaviy dunyoqarashga ega bo‘lgan 40 yosh atrofidagi kadrlarni rahbar etib tayinlashni boshladik. Eng muhimi odamlar bilan gaplashib, ularning muammolarini ilg‘ab, hal qila oladigan kadrlarga e’tibor qaratyapmiz.“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!Abdusalom Azizov, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, general-mayor
Izoh (0)