O‘zbekistonda militsiya bo‘linmalarida gumonlanuvchilarni so‘roq qilish uchun videokuzatuv kameralari bilan jihozlangan maxsus xonalar tashkil qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining “Ichki ishlar organlarining jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (pdf)da aytiladi, deb yozadi “Kommersant.uz”.
Ushbu hujjatga ko‘ra, 2018-yilning 1-yanvaridan ichki ishlar organlaridagi barcha tergov harakatlari so‘roqni stenografiya usuli bilan yozib olish, videokuzatuv, shuningdek, tergov harakatlarini audio va videoga muhrlash tizimlari bilan jihozlangan xonalarda olib boriladi.
Bundan tashqari, kelasi yil boshiga kelib, Tergov departamenti va uning hududiy bo‘linmalari o‘rtasida videokonferensaloqa tizimini joriy qilish rejalashtirilmoqda.
Izoh (0)