O‘zbekiston futbol federatsiyasi qoshida tashkil etilgan Terma jamoalar markazi yopilishi mumkin. Bu haqda “Championat.asia” ma’lumot berdi.
Nashr shu haqdagi savol bilan O‘FF matbuot xizmatiga murojaat qilganida, javobiga na tasdiq va na inkor oldi.
Ma’lumot uchun, Terma jamoalar markazi barcha yoshdagi O‘zbekiston termalariga javobgar bo‘lgan tashkilotdir. Unga Asqar Tolibjonov rahbarlik qilib kelayotgandi.
Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasini Samvel Babayan qabul qilib olgach, aynan bosh jamoa Asqar Tolibjonov rahbarlik qiladigan tashkilotdan ajratib olinib, alohida faoliyat ko‘rsatayotgandi. Ya’ni, Tolibjonov milliy terma jamoaning emas, qolgan termalar faoliyatiga javobgar bo‘lib qolgandi.
Izoh (0)