Tan olinmagan Serb Respublikasi prezidenti Milorad Dodik Bosniya va Gersegovinadagi AQSh elchisi Morin Kormakning qo‘lini siqishdan bosh tortdi, deb yozadi Blic Online.
Yasenovats konslageridagi natsizm qurbonlari xotirasiga uyushtirilgan motam marosimida Dodik barcha, jumladan, siyosiy muxolifatchilarining ham qo‘lini siqib qo‘ygan, biroq unga qo‘l cho‘zgan Kormakning qo‘lini siqishdan bosh tortgan.
Joriy yilning yanvaridan buyon Serb Respublikasi prezidentiga nisbatan Amerika Moliya vazirligi sanksiyalari qo‘llanilmoqda. Reuters suhbatdoshining aniqlik kiritishicha, cheklovlar siyosatchining Bosniya va Gersegovinadan ajralib chiqishga ko‘p martalik chorlovlari, mamlakat Konstitutsiyaviy sudi qarorlarini bajarmaganligi va Serb Respublikasi fuqarolariga Bosniya va Gersegovina armiyasida xizmat qilishni taqiqlash bo‘yicha tahdidlari natijasidir. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)