Ostona shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining (MKK) navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekiston vakillari Davlat rahbarlari kengashi va ShHT boshqa nizomiy organlarining bo‘lajak majlislari, shuningdek, tashkilot tashqi ishlar vazirlarining uchrashuviga tayyorgarlikning borishi yuzasidan fikr almashdi.
Kun tartibi, imzolash uchun kiritiladigan hujjatlar ro‘yxati loyihalari hamda ShHT doirasida hamkorlikni rivojlantirishning qator dolzarb masalalari muhokama qilindi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)