Dubay savdo, tadbirkorlik va xomashyo mahsulotlari bo‘yicha erkin hudud boshqarmasi — Dubai Multi Commodities Center (DMCC) Burj2020 tumani loyihasining bosh rejasi ustidagi ishlar yakunlanganini e’lon qildi, deb yozadi “Russianemirates.com”.
Yangi shahar markazi birinchi klassdagi tijoriy, uy-joy va savdo binolarini, shu jumladan, hashamatli mehmonxonalar, restoranlar, dam olish zonalari hamda yetakchi arxitektorlar — Adrian Gill va Gordon Smit tomonidan loyihalashtirilgan ikkita o‘ta baland minoralarni taklif qiladi.
DMCC Burj2020’da xalqaro ishbilarmonlar jamiyati uchun premium-klassdagi ko‘p funksionalli yangi tumanni shakllantirmoqchi. Loyiha 106 ming kvadrat metr maydonni egallaydi.
Izoh (0)