Aleppo yaqinidagi Rashidin shaharchasiga 14-aprel, juma kuni shialarning Al-Fua va Kefraya qishloqlari aholisi joylashtirilgan avtobuslar kolonnasi yetib keldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Al Manar telekanaliga ko‘ra, Idlib viloyatidagi jangarilar egallagan mazkur ikki aholi punktidan 5 mingdan ziyod fuqaro olib chiqildi. Ularning ortidan Rashidinga kun davomida yana 3 ming kishi keltirilishi bildirilmoqda.
Al-Fua va Kefraya qishloqlari aholisi evakuatsiyasi Damashq g‘arbidagi Zabadoniy va Madaya tog‘li kurortlaridan jangarilarning chiqib ketishi bilan bir paytda o‘tkazilmoqda. 14-aprel, juma kuni tongda bu manzillardan 60 ta avtobus jo‘nagani qayd etildi.
Hukumat armiyasi va qurolli guruhlar o‘rtasidagi kelishuvga binoan, Damashq atrofini 3,8 ming jangari oilasi bilan birga tark etadi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)