Kanada Suriyaga nisbatan iqtisodiy sanksiyalarni kengaytirdi va “qora ro‘yxat”ga hukumat bilan bog‘liq 26 kishini kiritdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Suriyadagi vaziyat tinchlik va xavfsizlikning butkul buzilishi hisoblanadi. Bu esa xalqaro miqyosdagi jiddiy inqirozga sabab bo‘lishi mumkin”, — deyiladi Kanada hukumati bayonotida.
Kanada 2012-yilda Damashqdagi elchixonasini yopgan va Suriya hukumatiga qarshi sanksiyalar joriy etgandi. Oxirgi bor mazkur sanksiyalar 2014-yilda kengaytirildi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)