Yaponiya tashqi ishlar vazirligi Xitoy elchisiga mamlakat kemalarining Senkaku (Dyaoyuydao) orollari yaqinidagi hududga navbatdagi ravishda kirishi yuzasidan norozilik bildirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Senkaku orollari azaldan Yaponiya hududi bo‘lib kelgan va uning suvlariga kirish mamlakat suverenitetining buzilishi hisoblanadi. Bunga esa mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi”, — deya ta’kidladi Yaponiya TIV Osiyo va Okeaniya departamenti direktori Kendzi Kanasugi.
Senkaku (Dyaoyuydao) bo‘yicha ikki davlat o‘rtasidagi bahs 2012-yil sentyabrida Tokio mazkur orollarni xususiy egalaridan sotib olishi haqida e’lon qilganidan so‘ng keskin tus oldi. Shundan beri Pekin muntazam ravishda kema va katerlarini arxipelag tomonga yo‘llaydi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)