Filippining Mindanao oroli yaqinida, Tagum shahridan 242 kilometr janubi—sharqda 5,5 magnitudali zilzila ro‘y berdi. Bu haqda Rossiya Geofizika xizmati Oltoy-Sayan filiali ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Interfaks”.
Uning epimarkazi 6,06 daraja shimoliy kenglik va 127,56 daraja sharqiy uzunlikda joylashdi.
Epimarkazdagi silkinish kuchiga ko‘ra seysmik hodisa “o‘ta kuchli” deb baholandi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Filippinning mazkur hududida uchta yer silkinishi sodir bo‘lgani bildirilgandi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)