Xitoyning yetkazib berish xizmatlaridan biri ombordagi posilkalarni saralashda yuzlab robotlardan foydalanmoqda. Bu haqida People’s Daily nashriga tayanib, TJournal xabar berdi.
Kompaniyaning saralash stansiyasidagi to‘q sariq rangli robotlar paketlarning belgilangan joyining kodini skanerlash orqali xatosiz aniqlaydi.
Robotlar kuniga 200 minggacha posilkalarni saralaydi, qo‘shimcha quvvatlantirishni talab qilmaydi hamda 24/7 tizimida ishlay oladi. Kompaniya bu tizim orqali inson mehnatiga nisbatan 70 foizga yaqin xarajat tejalganini ta’kidlab o‘tdi.
2014-yil oxirida Amazon kompaniyasi buyurtmalarni tashishda bir necha ming Kiva robotlaridan foydalanib ko‘rgan edi. Ushbu robotlar kompaniya ishchilariga nisbatan 4-5 marotaba samarali bo‘lib chiqdi. Inson 60—75 daqiqa sarflaydigan ishni robotlar 15 daqiqada bajarmoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)