Yaponiyada 1-aprel kuni valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi yangi qonun kuchga kirdi. Unga muvofiq, kriptovalyuta, xususan, bitkoinlar to‘lov vositasi maqomiga ega bo‘ldi. Rasmiy pul birligi sifatida faqat iyena qoldi, deya xabar beradi “Kommersant”.
Qonunning kuchga kirishi munosabati bilan, yapon banklari blokcheyn texnologiyalarini sinovdan o‘tkazishni va banklararo pul o‘tkazmalarida ulardan foydalanish yo‘llarini ishlab chiqishni boshlaydi.
Nikkei nashrining yozishicha, Yaponiyada Bitcoin, Ripple, Litecon va boshqa virtual valyutalarning mamlakat bo‘ylab aylanmasi 185 milliard iyenani (1,67 milliard dollarni) tashkil etadi.
Fuji Chimera tadqiqot instituti mutaxassislari 2020-yilga borib bu ko‘rsatgich 10 barobarga oshib ketishini taxmin qilmoqda.
Mart oyida bitkoinlarning kotirovkasi o‘z qiymati bo‘yicha rekord o‘rnatgan — bir bitkoinning qiymati 1250 dollarga yetib, kriptovalyutaning narxi oltindan oshib ketgan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)