Misr hukumati 9-aprel, yakshanba kuni Tanta va Iskandariya shaharlaridagi teraktlar oqibatida halok bo‘lganlarning oilalariga 100 ming Misr funti (taxminan 5,5 ming dollardan ko‘proq) miqdorida pul to‘lash haqida ko‘rsatma berdi. Bu haqda mamlakat ijtimoiy birdamlik vaziri Gada Vali ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Sog‘liqni saqlash vazirligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, terrorchilik hujum oqibatida 45 kishi halok bo‘lgan, 100 dan ortiq inson jarohat olgan.
Avvalroq, Misr hukumati teraktlar sabab prezident Abdul Fattoh as-Sisiyning mamlakatda uch oylik favqulodda holat rejimi joriy etilishi borasidagi qarorini maqullagan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)