Mudofaa vaziri lavozimini egallagan ilk ispan ayoli Karme Chakon 9-aprel, yakshanba kuni Madridda, 47 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, o‘lim tabiiy sabablarga ko‘ra yuz bergan. Chakonda yurak bilan bog‘liq jiddiy muammolar bo‘lganligi bildirilmoqda.
Karme Chakon 2000—2007-yillarda Ispaniya parlamenti deputati sifatida faoliyat yuritgan, 2007-yilda uy-joy qurilishi vaziri lavozimini egallagan edi.
Oradan bir yil o‘tib, mudofaa vazirligini boshqardi. 2011-yilda iste’fo bergan, 2013-yilda esa shaxsiy sabablarga ko‘ra deputatlik vakolatini ham zimmasidan soqit qilgan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)