Germaniyaning Leypsig shahrida Rossiyaning Berlindagi elchixonasi oldida terakt sodir etish niyatida bo‘lgan 24 yoshli marokashlik qo‘lga olindi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u norozilik namoyishi ishtirokchilari orasiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan, biroq aynan nimani maqsad qilgani hozircha noma’lum.
8-aprel kuni qo‘lga olingan marokashlik sud qaroriga ko‘ra ikki haftaga qamoqqa olingan.
Muhammad B. X. (OAV uni shunday deb atamoqda) huquqni muhofaza qilish organlariga avvaldan ma’lum bo‘lgan. U 2017-yil fevralida Leypsigdagi ta’lim markazi yaqinida o‘zini portlatish bilan tahdid qilgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)