Rejissor Otabek Mirzaxolovning “Jonim yig‘loqi” filmi aprel oyining ikkinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi. Bu haqda, Alisher Navoiy nomidagi kinosaroy tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib, jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi.
Aprel oyining ikkinchi haftasi kinoreytingida “Jonim yig‘loqi” dan keyingi o‘rinlarni Rustam Sa’diyevning “Er bermoq, jon bermoq 2”, Iqbol Meliqo‘ziyevning “Ketaman dedimmi, ketaman”, Ulug‘bek Yunusovning “Ayg‘oqchi kampir 007”, Nozim To’laxo’jayevning “Oh, Salima, Salima” filmlari band etgan.
Ma’lumot uchun, hozirda Alisher Navoiy nomli kinosaroyda “Hamroh”, “Isnod”, “Bebahoginam”, “Yettinchi qavat” “Seni sevdim” kabi filmlar namoyishi davom etmoqda.
Filmlar namoyishlari jadvali bilan “Daryo.Afisha”da tanishish mumkin.
3-aprel — 9-aprel oralig‘ida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmlari
1-o‘rin. “Jonim yig‘loqi” (komediya)Rejissor – Otabek Mirzaxolov2-o‘rin. “Er bermoq, jon bermoq 2” (komediyali melodrama)Rejissor — Rustam Sa’diyev
3-o‘rin. “Ketaman dedimmi, ketaman” (komediya)Rejissor — Iqbol Meliqo‘ziyev
4-o‘rin. “Ayg‘oqchi kampir 007” (komediya)Rejissor — Ulug‘bek Yunusov
5-o‘rin. “Oh, Salima, Salima” (komediya)Rejissor — Nozim To‘laxo‘jayev
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)