Yaponiya hukumati AQShning Shimoliy Koreya muammosi borasida tutgan yo‘lini yuksak qadrlaydi. Bu haqda hukumat bosh kotibi Yosixide Suga ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“AQSh Shimoliy Koreyaga nisbatan harakatlarning barcha variantlari mavjudligini ko‘rsatmoqda. Biz bunday yo‘l tutilishini yuqori baholaymiz”, — deya ta’kidladi Yosixide Suga.
Bosh kotibga ko‘ra, “AQSh KXDRni tiyib turish bo‘yicha urinishlarini susaytirmasligi zarur, chunki mintaqada xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat jiddiyligicha qolmoqda”.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)