Pekin davlat xavfsizlik boshqarmasi Xitoy fuqarolarini josuslik faoliyati haqida xabardor qilishga chaqirdi. Buning uchun 500 ming yuangacha (72 ming dollar atrofida) pul mukofoti va’da qilindi, deya xabar beradi “TASS”.
“Fuqarolar josuslik faoliyati haqida xabar berishlarini rag‘batlantirish” deb nomlangan hujjatga ko‘ra, to‘lov summasi olingan ma’lumot qimmatiga qarab belgilanadi.
Har bir kishi milliy xavfsizlikka tahdid, xorijiy maxsus xizmatlar yoki shaxslar tomonidan Xitoy davlat siri hisoblanadigan ma’lumotlar qo‘lga kiritilishi holatlari haqida “Ishonch telefoni”ga qo‘ng‘iroq qilib, maktub yo‘llab yoki boshqarmaga shaxsan kelib, ma’lum qilishi mumkin.
Bunday ma’lumot uchun mukofotning eng kami 10 ming yuan (1,5 ming dollar atrofida) ekanligi bildirilmoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)