Vashington Suriyaga yangi raketa zarbalarini berishi mumkin. Bu haqda Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Boris Jonson ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”
“AQSh o‘zining Suriyadagi harakatlari bilan ochiq-oydin va barchaga tegishli signal berdi. Muhimi, ular buni yana takrorlashi mumkin. Vashingtonning tashabbusni o‘z qo‘liga olishi Suriyadagi vaziyatni butkul o‘zgartirishiga shubha yo‘q”, — deya ta’kidladi Boris Jonson.
Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri AQSh va G7 davlatlari bilan “Suriyada urushni yakunlash va mavjud holatni o‘nglash”ga e’tibor qaratish niyatida ekanligini bildirdi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)