Kardio-mashqlar og‘ir ish kunidan keyin ayni muddao – stressni ketkazishda kardio-mashqlarga teng keladigani yo‘q. Bundan tashqari, u yurak faoliyatida va kaloriyani sarf qilishda juda foydali. Bularning hammasi haqiqat bo‘lsa ham, kardio-mashqlar to‘g‘risida fosh qilishga to‘g‘ri keladigan ba’zi uydirmalar mavjud.
1-uydirma: kardio – vaznni tez yo‘qotishda eng to‘g‘ri yo‘l
Haqiqat: kardio-mashqlar natijalarini mustahkamlash uchun ularni kuch ishlatiladigan mashqlar bilan birga qilish zarur bo‘ladi. Kuch ishlatiladigan mashqlarni yuqori tezlikda va biroz tanaffus bilan bajariladigan gibrid usulini sinab ko‘ring.2-uydirma: agar siz kardio-mashqlarga hech bo‘lmasa bir soat vaqt ajratmasangiz, ularning foydasi bo‘lmaydi
Haqiqat: kaloriya sarflash borasida har qanday harakat ham foydalidir. Lekin siz samaraliroq mashq bajarish orqali bu jarayonga ta’sir ko‘rsatishingiz mumkin. Intervalli kardio-mashqlarni yuqori tezlikda bajarish bilan siz metabolizm tezligini oshirishga muvaffaq bo‘lasiz va mashqlardan keyin 38 soatgacha kaloriya sarflashni davom ettirasiz.3-uydirma: och qoringa bajarilgan kardio-mashqlar yog‘larni ko‘proq ketkazadi
Haqiqat: ilmiy tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, yog‘lar mashq qilish oldidan yeyilgan yoki yeyilmagan ovqatga bog‘liq bo‘lmagan ravishda sarflanadi va och qoringa mashq qilish mushaklar massasining o‘sishiga salbiy ta’sir qiladi.Manba: Men’s Health
Izoh (0)