Ishni bajarishmi yoki keyinga qoldirish?
Uzluksiz ravishda keyinga surilavergan ishni “besh daqiqalik start” yordamida uddalash mumkin. Siz o‘z-o‘zingizga “men bu ishni boshlayman va aniq 5 daqiqada tamomlayman” deb so‘z bering. Ishni boshlashingiz bilan, miyangiz, tanangiz va ongingiz 5 daqiqada jarayonga kirishib ketadi va sizning o‘zingiz to‘xtashni xohlamay qolasiz. Asosiysi — boshlash.Har doim qayg‘urishmi yoki muammoni yechishni boshlash?
Kallangizda sizga tinchlik bermayotgan bir necha muammolar aylanib yuribdimi? Ularni qancha ko‘p o‘ylasangiz vaziyat shuncha chuqurlashadi. Bunday holatda eng yaxshisi qog‘ozga sizni nima va nima uchun bezovta qilayotganini va buni qanday to‘g‘rilash kerakligi haqida yozib chiqing. Qog‘ozdagi hamma yechimlarni ko‘rganingizdan keyin faqat oldindan o‘ylangan reja asosida harakat qilish qoladi.Befarq qolishmi yoki boshqalarga yordam berish?
Psixolog S. Lyubomirski o‘tkazgan tajribasida, odatda xayrli ishlar qilmaydigan odamlardan boshqalarga yordam berishni iltimos qildi. Bunday tajribadan keyin unda ishtirok etganlarning hammasi o‘zlarini avvalgidan baxtliroq his qila boshlaganlar.“Yo‘q” deyishni bilishmi yoki hammasiga rozi bo‘lish?
“Yo‘q” — bu eng og‘ir so‘z bo‘lsa kerak. Biz ko‘pincha “yo‘q” deyishni istasak ham “ha” deymiz. Biz qarshilik qila olmaymiz, chunki o‘zimizni odamlardan qarzdordek his qilamiz.“Yo‘q” deyishni boshlashda murosaga kelish texnikasidan foydalaning. Masalan, hamkasbingiz ishda yana bir soat qolib unga yordam qilishni so‘raganda, “hozir qololmayman, ikki haftadan keyin vaqtim bo‘ladi” deb aytish o‘rinli bo‘ladi.
Manba: Men’s Health
Izoh (0)