Hyundai kompaniyasi Yevropa bozori uchun mo‘ljallangan krossover Kona deb nomlanishi haqida e’lon qildi. Yangi avtomobil Gavayi oroli hududlaridan birining sharafiga shunday nomlandi, deb xabar bermoqda “Motor”.
Janubiy Koreya ishlab chiqaruvchisi, shuningdek, yo‘ltanlamasning faralari aks etgan tizerni e’lon qildi. Yangi mashina Hyundai’ning Grand Santa Fe, Santa Fe va Tucson modellaridan keyingi Yevropadagi to‘rtinchi krossoveri bo‘ladi.
Hyundai yangi avtoulov haqida batafsil ma’lumotlarni keyinroq ma’lum qilishga va’da berdi.
Avvalroq Hyundai kompaniyasi “A” va “B” segmentidagi ikkita qulay krossover ishlab chiqarishni rejalashtirayotgani haqida ma’lum qilingandi. “B” segmentidagi avtomobil 2018-yilda paydo bo‘lishi va Honda HR-V, Fiat 500X hamda MINI Countryman’ga raqobatchilik qiladi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)