Kamchatkadagi Klyuchevskoy vulqonida 6 kilometrli kul ustuni hosil bo‘ldi. Bu haqda Rossiya FVVning Kamchatka o‘lkasi bosh boshqarmasi ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Klyuchevskoy vulqonida 2-aprel, yakshanba kuni kul otilishi qayd etildi. Kul ustuni balandligi 6 ming metrgacha yetdi. Vulqon balandligi 4750 metr. Kul oqimi vulqondan 283 kilometr shimoli-g‘arbga tarqaldi, uning yo‘lida aholi punktlari mavjud emas.Mazkur hududda sayyohlar guruhlari ro‘yxatdan o‘tmagani, vulqondan eng yaqin aholi punkti — Klyuchi posyolkasigacha bo‘lgan masofa 30 kilometrdan iborat ekanligi bildirildi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!Rossiya FVVning Kamchatka o‘lkasi bosh boshqarmasi
Izoh (0)