1-aprel, shanba kuni AQShning Florida shtati Ejuoter shahri hududida ikkita bir motorli samolyot havoda to‘qnashib ketdi, ikkala uchuvchi ham halok bo‘ldi, deb yozadi “TASS” shahar politsiyasi shefi Devid Arsiyeroga tayanib.
Hodisa o‘rmonli hudud osmonida yuz berdi. Bir nechta samolyot guruhli parvozni amalga oshirayotganida, ulardan biri ikkinchisiga qanoti bilan tegib ketdi. Ular to‘qnashdi va quladi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bortda uchuvchilardan boshqa odamlar bo‘lmagan.
Federal aviatsiya boshqarmasi hodisa sabablarini tekshirish boshlanganini ma’lum qildi.
Izoh (0)