AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli prezident Donald Tramp unga Rossiyaga “hujum qilishni” taqiqlamaganini aytdi. Bu haqda u ABC telekanalining to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirida ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Prezident biror marta menga qo‘ng‘iroq qilib, ‘Rossiyaga ta’na qilma’ deb aytmagan. U hech qachon qo‘ng‘iroq qilmagan va nima deb gapirishni buyurmagan”, — dedi Xeyli.
U, shuningdek, Tramp uni Rossiyani tanqid qilishdan to‘xtatmayotganligini qo‘shimcha qildi.
Izoh (0)