Germaniya kansleri Angela Merkel mamlakatga kelgan qochoqlarni katta shaharlarga intilmaslik, qishloq tumanlarida joylashishga chaqirdi. Bu haqda u haftalik videomurojaatida to‘xtalib o‘tdi, deya xabar beradi “TASS”.
“Ko‘pchilik katta shaharlarga borishni istashini aytadi, biroq u yerlarda uy-joy masalasi juda qiyin. Shu sababli aholisi kam qishloq joylari mavjud mintaqalarda joylashishlarini maslahat beraman. Biz birinchi galda Germaniyada qolish huquqini qo‘lga kiritgan kishilarni boshpana bilan ta’minlaymiz”, — deya ta’kidladi Merkel.
Kansler nemislarni qochoqlarga nisbatan “ochiqroq” bo‘lishga chaqirdi.
“Suriya, Iroq, Shimoliy Afrika davlatlari haqida o‘ta kam bilamiz. Ularni yaxshiroq bilish, nimanidir o‘rganish imkoniyatidan foydalanishimiz lozim”, — deb xulosa qildi Germaniya hukumati rahbari. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)