Argentina poytaxti markazida minglab kishilar hukumatni qo‘llab-quvvatlashini bildirish uchun to‘plandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Aksiya “Demokratiya uchun marsh” deb nom oldi. Mahalliy telekanallar orqali namoyish etilgan kadrlar orqali bunga o‘xshash namoyishlar mamlakatning boshqa shaharlarida ham bo‘lib o‘tganini ko‘rish mumkin.
Mazkur marsh Argentinada o‘tgan oyda amaldagi hukumatga qarshi bir necha norozilik aksiyalari o‘tkazilganidan so‘ng chaqirildi. Eng ommaviy namoyish mamlakatdagi eng yirik kasaba uyushma — Mehnat konfederatsiyasi tomonidan o‘tkazildi.
Uning qatnashchilari maoshlar pastligi, ommaviy ishdan bo‘shatishlar, mahalliy ishlab chiqaruvchilar zarar ko‘rishiga olib kelgan ayrim import bojlari bekor qilinishiga qarshi norozilik bildirdi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)