Shvetsiyada 50 nafar o‘quvchi va ularga hamrohlik qilayotgan 6 kishi bo‘lgan avtobus noma’lum sabablarga ko‘ra yo‘ldan chiqib ketdi va Sveg shahriga 20 kilometr yetmay yonboshlab qoldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Hodisa 2-aprel, yakshanba kuni mahalliy vaqt bilan 7:00 (Toshkent vaqti bilan 10:00) da sodir bo‘ldi. Voqea joyiga ikki vertolyot va 5—6 tez tibbiy yordam mashinasi keldi.
“Avariya jiddiy, jabrlanganlar bor”, — deya ma’lum qildi qutqaruv xizmati vakili Ulof Broborg.
Mahalliy OAVlar jabrlanganlardan ikki nafari kasalxonaga yotqizilganini bildirdi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)