San-Marinoda davlat rahbari vazifasini birgalikda bajaradigan kapitan-regentlar lavozimiga ilk bor ikki ayol — Vanessa D’Ambrozio va Mimma Dzavoli saylandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Jahondagi eng mitti mamlakatlardan biri parlamenti tomonidan saylangan yangi kapitan-regentlar San-Marinoni 2017-yil 1-oktabriga qadar boshqaradi.
Shunisi ham borki, 1991-yildan 2012-yilgacha mazkur lavozimni 10 nafar ayol erkaklar bilan birgalikda egallagan edi. Ma’lumot uchun, 28 yoshli Vanessa D’Ambrozio dunyodagi eng yosh davlat yoki hukumat rahbari bo‘ldi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)