Venesuela prezidenti Nikolas Maduro mamlakat Oliy sudi hamda kongress o‘rtasidagi kelishmovchilikka barham berilganini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Qayd etishlaricha, Venesuela mudofaa kengashi ham Oliy sudning parlament vakolatlarini o‘ziga olish haqidagi qarorini qayta ko‘rib chiqishga chaqirgan.
Avvalroq Venesuela Oliy sudi muxolifat nazoratidagi parlament o‘rniga o‘zini qonunchilik organi deb e’lon qilib, deputatlarni immunitetdan mahrum etish haqida qaror chiqargan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)