Xorazm viloyati musiqali drama teatri tashkil etilganiga 95 yil bo‘ldi, deb xabar bermoqda O‘zA.
Qariyb bir asrlik faoliyati davomida ushbu dargohda “Alisher Navoiy”, “Tohir va Zuhra”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Gamlet”, “Mavlono Ogahiy”, “Maxtumquli”, “Chirog‘imni kim yoqadi?”, “Ajdodlar qilichi”, “Feruz” kabi o‘nlab yuksak san’at asarlari sahnalashtirildi.
So‘nggi yillarda teatr repertuaridan o‘zbek dramaturgiyasi bilan birga, jahon adabiyoti durdonalariga ham keng o‘rin berilmoqda. Ayniqsa, xalq og‘zaki ijodining vatanparvarlik va mardlik tuyg‘ulari tarannum etilgan asarlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
“Xususan, Yunus Yusupov (Ayyomiy) qalamiga mansub “Oshiq G‘arib va Shohsanam” musiqali dramasi qayta sahnalashtirilgani ijodiy jamoaning O‘zbekiston xalqiga Navro‘z tuhfasi bo‘ldi. Asarni rejissor Alisher Yo‘ldoshev sahnalashtirgan”, — deyiladi agentlik axborotida.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)