Kaliforniya sobiq gubernatori, aktyor Arnold Shvarsenegger Twitter’da Donald Trampga videomurojaatini e’lon qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”. Unda u AQSh prezidenti mamlakatdagi ijtimoiy dasturlarni qisqartirib, o‘zining saylovoldi va’dalarini bajara olishiga shubha qildi.
“Reytinglar pasayib bormoqda, seni esa botqoqlik o‘z domiga tortmoqda. Oho, reytinging hozir 30 foiz atrofidami? Bolalar uchun maktabdan tashqari dasturlarni va kambag‘allar uchun dasturlarni qisqartirayotgan bir paytingda yana nimani ham kutganding?” — dedi Shvarsenegger.
Haqiqiy vaziyat bilan tanishish uchun u Trampga Oq uy yaqinidagi maktablardan birini borib ko‘rishni taklif qildi va davlat rahbarini u yerga olib borishga tayyorligini bildirdi.
Nashr eslatishicha, Gallup kompaniyasi o‘tkazgan so‘nggi so‘rovlarga ko‘ra, Trampning faoliyatini amerikaliklarning 37 foizi ma’qullaydi, 58 foizi esa qoralaydi.
Hey, @realDonaldTrump, I have some advice. See you at Hart Middle School? Here's more info about #afterschool: https://t.co/NOgdhBHyyp pic.twitter.com/NQI2OdVqtF
— Arnold (@Schwarzenegger) March 21, 2017
Izoh (0)