Rossiyaning Vashingtondagi elchisi Sergey Kislyak bilan aloqalari atrofidagi mojaro tufayli ite’foga chiqishga majbur bo‘lgan, AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi Maykl Flinn Donald Tramp jamoasining Rossiya bilan aloqalari haqidagi ish bo‘yicha ko‘rsatmalar bera oladi, deya xabar bermoqda “Vedomosti”.
Bu haqdagi muzokaralarni u “adolatsiz ta’qib”ga qarshi immunitet evaziga parlament ikkala palatalarining razvedka bo‘yicha qo‘mitalari bilan olib bormoqda.
“General Flinnda albatta aytib beriladigan narsalar bor, va u vaziyat imkon beradigan narsalarni aytmoqchi”, — dedi sobiq amaldorning advokati Robert Kelner.
Flinn iste’foga 2017-yil yanvarida, maxsus xizmatlar Rossiyaning AQSh prezidenti saylovlariga ta’siri haqidagi ishni tekshirishni boshlagach, chiqqan edi.
Izoh (0)