AQSh davlat kotibi Reks Tillerson Suriyaning Raqqa shahri IShID jangarilaridan ozod qilingach, nazorat mahalliy kuchlarga berilishi kerakligini ma’lum qildi. Bu haqida “RIA Novosti”ga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
Tillerson bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavusho‘g‘li bilan Anqarada bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida so‘zladi.
“Istaymizki, kelajakda Raqqa shahri ustidan nazorat mahalliy rahbariyatga, tashlab ketilgan hududiga qaytishi kerak bo‘lgan aholiga berilishi lozim”, — deydi Tillerson.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)