Jizzax viloyati hokimligida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 22-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish to‘g‘risida”gi farmoniga asosan ikki ayolga pasport topshirish marosimi o‘tkazildi, deya xabar berdi viloyat hokimligi axborot xizmati.
Marosimda Jizzax viloyat hokimi Ulug‘bеk Uzoqov so‘zga chiqdi.
Shundan so‘ng, Qizilay Abdurahmonova hamda Leylya Alverdiyevalarga fuqarolikka qabul qilinganlari munosabati bilan pasportlari tantanali tarzda topshirildi.
O‘tgan yilning dekabrida Prezident farmoni asosida 179 kishiga O‘zbekiston fuqaroligi berilgandi. Shu munosabat bilan, Jizzax viloyatidan Yuriy Ten, Anvarboy Ikromov, Muhabbat Qo‘shoqovalarga fuqarolik pasporti topshirilgan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)